Miss-Shoira.ucoz.com
Пятница, 25.07.2025, 11:53
Сайт менюси

Кириш

Бўлимлар
Монологлар [63]
Шеърлар [24]

Излаш

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » Статьи » Монологлар

Oddiy kunlar...
Ótgan kunlarim esimda... 
Shunchaki manosiz, mazmunsiz edi ular... 
Oddiy... shunchaki kunlar...

Kecha yóq eding hayotimda ham, hayolimda ham... 
Tófon kabi paydo bóldingu, shunchaki ótayotgan kunlarimga maqsad olib kelding...

Bugun yonma-yonmiz... Lekin dardimiz boshqa-boshqa... 
Birgamiz har kuni, lekin qandaydir uzoqmiz...

Ğamgin bólsang sen siring aytmaysang, dardim tòlsa men ğamim oshkor etmayman...
Kózimiz tóqnashadi har safar, ammo ul kòzlar ortidagi tuyğular yashirin... 
Urunaman... Intilaman ósha kòzlar ortidagi ğamni bilishga, yurakdagi darding olishga... 

Yòllar kòp lekin hech biri sening qalbing tomon olib bormaydi... 
Kòrinmas devor bizni ajratadi... 
Sen tomon qadam tashlashim uchun imkon bermaydi... 
U tòsiqni aylanib ham òta olmayman...

Sening qalbing eshigi yopiq... Yól uzoq... tòsiqlar bisyor...
Sabr ... Menda borku, lekin shu sabr ham umidsiz... 
shu sabr ham arosat... Huddi biz kabi sarson...

Yashirin bari... uzoq oramiz... yonma yonmizu qalbimiz yiroq... 
tuyğular juda uzoq... bizlarni birlashtiruvchi kòprik ham yòq...

Bugun... shunchaki bari... bekordir balki... uvoldir balki... tushunarsiz bari...

Savollar bisyor... javob esa yagona: qalb eshiging berk! 
Ochishning esa menda imkoni yòq... yóllarim berk...

Ertangi kun noma'lum... 
Bugungi munosabat omonat... 
Ertaga o'rtamizdagi arosat ip ham uzilishi hech gap emas...
 Uni mustahkamlash esa hayolimizning bir chekasida ham yo'q... 
Birgamiz... Lekin yo'llarimiz boshqa... Taqdirimiz ayro.
Категория: Монологлар | Добавил: Miss-Shoira (13.06.2014)
Просмотров: 453 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Giyos@mail.ru / giyos.ucoz.org © 2025
Бесплатный конструктор сайтовuCoz