Esimda o'sha ilk majburiy suhbatlar va yoki shunchaki gaplar.
Sizu meni birlashtirgan eng oliy maqsad.
Shu maqsad ila qurilgan so'zlashuvlar.
Balki shu ham sababdur mehrimning birinchi qadamlariga...
Yana yodimda ,,Yahshimisiz'' deya, siz tomondan ilk bora menga uzatilgan qo'llar.
Va yana uzundan uzun suxbatlar.
Ba'zida quvonchlarga to'la ba'zida alamlarga boy bo'lgan kunlar.
O'zim ham bilmagandim o'sha kunlarda.
sizga nisbatan qandaydir o'zgacha,
xech kimga atalmagan mehrim berarman deb.
So'zlashuvlar vaqt o'tib chuqirlashib ketishi haqida hayolimning bir chetigada keltirmagandim ham.
Yahshi ko'rish haqidaku o'ylab ko'rmagandim hatto.
Balki o'sha paytlar o'zimdagi holatlarni,
yuragimdagi isyonli tuyg'ularim sizda ham jo'sh urganini sezganim boismi,
men kabi kuyishingizni istamaganim uchunmi asragim kelgandir...
Afsuski asray ololmadim ham...
Vaqt o'tib asrash tuyg'ulari umuman o'zgacha xissoyotlarga o'z o'rnini bo'shatdi,
siz o'ylarsiz uzundan uzoq kundalik suhbatlar o'rganishga olib kelgan deya,
lekin men o'zimning tuyg'ularimni aniq bilaman,
sizga nisbatan yuragimda yahshi ko'rish hislari uyg'ondi halos...
Bu tuyg'uga men qarshi ham chiqdim...
Ko'p bora hamma hammasiga yakun yasamoq istadim,
lekin qalbimdagi sizga bo'lgan tuyg'ularim
har safar o'z ustunligini ko'rsatdi.
Ko'p bora sinadim o'z tuyg'ularimni,
lekin siz men uchun zarur, xayotimga kerakli
inson ekaningizga har safar amin bo'ldim.
Bilmam nima ustun sizda,
ammo samimiy inson ekaningiz ayon menga.
Nega nima uchun deya savollar bermang,
ba'zida xislarim tushuntira olmay qolaman.
Imkonim bo'lganida edi,
gar qalbim isyonlarini ko'rsatgan bo'lar edim,
buni iloji yo'qligidan faqatgina yozishni chora deya bildim.
Bilasizmi, tuyg'ularim cheksiz sizga.
Osmon qadar yuksak.
Qani buni ko'ra olsangiz edi va yoki sezaolganingizda edi...
Balki o'rtamizda umonlardanda cheksiz ishonch bo'larmidi paydo!?
Ishonolmasligingizga balki o'zim bergandirman imkon.
Sababchi mendurman...
Mayli menga ishonmang,
mehringiz ham tutqazmang,
men bularsiz ham yashayveraman.
Lekin sizga bo'lgan mehrimni,
ishonchimni etmang rad.

Mayli menga kerak paytingiz yonimda bo'lmang,
ammo meni o'zingizdan uzoqlashtirmang.
Ba'zida tuyg'ularim berkitishga,
sizdan yashirishga urunamanu,
afsuski buni rashkim oshkor qilib qo'yadi.
Buni o'zingiz xam sezasiz,
faqatgina bu xaqiqatga ko'zingiz yumasiz.
Ha, qizg'onaman, o'zgaga ,,Mehribonim'',
,,Yagonam'' deya aytadigan so'zlaringizni.

Yo'q o'ylamang, bunday demang demoqchi emasman,
shunchaki o'zgalarga berayotkan mehringizni ozginasi menga berilmaganidan xafa bo'laman xalos.
Mayli bu ham zarur emas menga.
Menga muhimi sizni ko'zingizdagi kulgu...
Mana shu meni xursand qiladi. Sizga kulib yurish yarashgay.
Hohlamayman qayg'ularga yengilishingiz,
ko'zingizda yoshni ko'rishni. Yeg'lamang hech qachon.
Men bilaman siz kuchlisiz.
Ana shu kuch bilan yenga olasiz qalbingiz yoshlarini.
Men bunga doim ishonganman. Har safar ,,Keting'' deyishlaringiz
yuragimga igna kabi beradi azob.
Bu so'zni eshitishni xam xoxlamayman.
Menga keting degan vaqtingiz bir bora yuragingizga nazar solganmisiz?
Nahotki yuragingiz ham ketishim istasa?
Bir narsani bilgim keladi, men ketsam hayotingiz ravon bo'ladimi?
Men ketsam hamma muommolaringiz barham topadimi ayting?
O'zingizga bir bora savol bering, rostan ham ketishim istaysizmi?
Nahotki barcha qayg'ularingiz sababchisi men bo'lsam?
Men ketsam bahtiyor yashaysizmi?
Osonmi siz uchun mendan kechish... Ishonishim qiyin...
Mensizlikka ko'nikarsiz ketsam gar... Menchi? Ko'nikarman men ham...
Lekin ertaga bizdagi afsuslanishlar boshimiz devorga taqab qo'ymasmikan?
Xaydamang, ishoning baribir ketmayman.
Men yoningizda bo'laman. Har qanday vaziyatda ham siz bilanman ahir.
Gar ketsangiz men bo'shliqqa tushaman xuddi.
Mazmunsiz bo'ladi kunlar...
Huddi nimanidir unutib qo'ygan kimsaga aylanaman siz bo'lmasangiz. bir kun gaplashnasam kunlar oy kabi, yil kabi uzun o'tadi... Sizga bilinmas lekin men uchun qorong'u bo'ladi tunlar.
 Balki yo'qotgim kelmas,
balki qo'yib yuborgim kelmas...
Nima bo'lsa ham yoningizda bo'lgim keladi....
Mayli meni olib kirmang xayotingizga, roziman
faqat mendan boshqa ketishim so'ramang.
Bilasizmi men bu dunyodan ketgan kunimgina sizni tark etishim mumkin
lekin unga qadar aslo buni ilojisi yo'q. So'ramang ham...
Balki ishonmassiz xanuz tuyg'ularimga.
Ishonishga undamayman ham...
Vaqti kelib, bir kuni yuragingiz barini tan oladi.
Balki tan ham olgandur qalbingiz, endi aqlingizga gal kegandur...
Gar so'zlarim, chin tuyg'ularim ila dilingizga ozor yetkazgan bo'lsam,
men o'zimni kechirmayman hech qachon.
Bizning munosabat qanday bo'lishidan qa'tiy nazar sizdan bir narsani so'rayman,
hamisha men uchun o'zingizni asrang!
Siz menga bir kun emas, butun xayotim davomida KERAKSIZ... Unutmang...
|