Va'da nima uchun beriladi? Uni buzish uchunmi?
Kimdir hayotimizga nega kiradí? Ertaga tark etilish uchunmi? Yoki tuyg'ularni o'yin qilish uchunmi? Osonmi shunchalik? Yoki jazomi mehr ham?
Begona bir inson hayotimizda paydo bo'ladiyu,
men senga opa yoki singil bo'laman deya
ko'nglingni puch yong'oqqa to'ltiradi, balkim o'zi ham bilmas... Bugun opang bo'laman deysiz va yoki singlingman endi deya
o'zganing hayotiga kirib kelasiz nogoh...
Vaqt o'tadi, opa va yoki singl ekaningiz unutiladi...
Tark etmoq istaysiz.
Ko'ngilga kirib kelganingiz kabi u yerdan chiqmoq istaysiz,
lekin qalb tomon ilk qadamni tashlagan paytingiz
ko'zingiz hech qanday to'siqni ko'rmaydi... Opa bo'laman degansizku nima uchun oxirigacha borolmaysiz? Singlingman degansizku nega va'dangiz buzasiz? Buzar ekansiz nima uchun bergansiz?
Yoring bo'laman degansizku ko'zga tik boqib yolg'on gapirasiz? Sevaman deya hiyonat ko'chalarida bemalol shunday bo'lishi kerakday sayr etasiz? Yor bo'lish shartmikan hiyonatdan qocholmasangiz?
Do'sting bo'laman qiyomatli deysizu shu dunyoning sinovlaridan
ham birga o'ta olmaysiz hatto... Yoningda bo'laman har on deysiz, ha bo'lasiz ham ammo
ayni kerak paytingiz izsiz yo'q bo'lasiz. Do'stingizga kerak paytingiz o'zgalar qalbi tomon intilayotgan bo'lasiz...
Nega shuncha va'da? Baribir bajarilmaydiku... Faqat qiynoqlar sari boshlaysiz va'dalaringiz bilan...
Opa yoki singil, yor yoki do'st bo'lishingizga ko'zingiz yetmas ekan
kimnidir hayotiga umid chiroqlarini yoqmang. O'sha chiroqlarni yoqdingizmi, bir kun kelib ularni
o'z qo'lingiz bilan so'ndirmang!
|