Birgina iltimosim bor sandan, nelar desang ham mayli faqat yuragim parchalab: "Ketgin" -demagin. Man ketmayman, yoningda bo'lish uchun
toki manda bor imkon.

Balki quyosh ketar kunni etib tark. Balki oy qoldirar osmonni yolg'iz. Balki yulduzlar ham qolmas kun kelib. Shunda ham man ketmayman yoningdan saning.
Shunchalar istaysanmi yoki ketmog'im? Shunchalar hohlaysami sensiz qolishim? Unda ko'zlarimga ayt aybim, gunoxim ayt o'zing! Men ketay o'sha sen aytgan ko'chalar aro yo'q bo'lib...
Ketgin dema gar senga haydash bo'lsa ham oson. Ketgin dema sanga bo'lgan mehrim hurmati uchun. Bilaman ba'zida to'lib ketar dardlaring. Toshib qaynar oxlaring. Yonginangda bo'lmasa shu vaqtda hech kim, Menga ket demagin darding olmoq istagan paytim. Ber imkon menga ishonching uchun. Ko'rsat yo'l menga yuraging tomon. Ko'zlaringga to'lganida achchiq yosh, Ket dema manga, yashirma diling. 
Yoningda bo'lay men har choq. Ozoring olay bo'lsamda gar o'zim bemor. Mayli -Qolgin degin kelmasada, Birgina istagim ketgin demagin faqat.
|